Yordam markazi
Ko'p so'raladigan savollarga javoblar. Topolmadingizmi? Bizga yozing — yordam beramiz.
Joyni qanday band qilaman?
Yoqqan joyni tanlang, "Band qilish" tugmasini bosing, sana, vaqt va mehmonlar sonini belgilang — tamom! Joy egasi tasdiqlagach, sizga bildirishnoma keladi.
Band qilishni qanday bekor qilaman?
Profil → "Band qilishlar" bo'limiga kiring, kerakli band qilishni oching va "Bekor qilish" tugmasini bosing. Iloji boricha kamida 2 soat oldin bekor qilganingiz ma'qul — joy egasi ham xursand bo'ladi.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Mazaly orqali band qilish mutlaqo bepul. Ovqat va xizmat uchun to'lovni joyning o'zida amalga oshirasiz — naqd, Click yoki Payme orqali.
Band qilishim tasdiqlanganini qayerdan bilaman?
Band qilish holatini Profil → "Band qilishlar" bo'limida kuzatishingiz mumkin. Joy egasi tasdiqlashi bilan holat "Tasdiqlangan"ga o'zgaradi va sizga bildirishnoma keladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun nima kerak?
Faqat telefon raqamingiz kifoya. SMS yoki Telegram orqali tasdiqlash kodini olasiz — parol ham shart emas.
Borgan joyim haqida fikr qoldirsam bo'ladimi?
Albatta! Tashrifingizdan so'ng joy sahifasida baho va fikr qoldirishingiz mumkin. Fikrlaringiz boshqa mehmonlarga to'g'ri tanlov qilishga yordam beradi.
Savolim bor — kimga murojaat qilaman?
Telegram orqali @mazaly_support ga yozing yoki support@mazaly.uz manziliga xat yuboring. Imkon qadar tez javob beramiz.
Joy egasimisiz?
Choyxona, restoran yoki kafeningizni Mazaly'ga qo'shing — yangi mijozlar sizni osongina topadi va onlayn band qiladi. Qo'shilish bepul.
Biz bilan aloqa
Telegram: @mazaly_support · Email: support@mazaly.uz